MBA yoki Biznes boshqaruvi magistrligi (Master of Business Administration) , dunyodagi eng mashhur biznes yo'nalishidagi ta'limlardan biri hisoblanadi . Dunyoning ko'p mamlakatlarida ushbu soha diplomi bilan , juda ham yuqori oylik va lavozim ta'minlanadi , kabirida o'ylashadi . Boshqacha qilib aytganda , g'arbda haqiqatdan ham bu juda ko'p eshiklarga - kalitdir. Keling uning yaxshi va yomon tomonlariga to'xtalsak :
1. MBA - menedjerlar uchun juda ham muhim , amaliy ko'nikmalarni beradi .
2. MBA - mutaxasislarini dunyoning nufuzli tashkilotlarida , amaliyot olib borish imkoniyati.
3. Eng muhimi — haqiqatdan ham , o'ta yuqori maosh . Shu o'rinda ma'lumot tariqasida , ushbu mutaxasislikni , dunyoning nufuzli universitetlarida o'qib , tamomlaganlar , o'rtacha hisobda - 100 000 AQSH dollari hisobida oylik olishadi (bu ayni haqiqat ) .
Noqulayliklarga to'xtalsak :
1. Katta maosh - katta o'quv to'lovini tashkil qiladi . Ushbu yo'nalish uchun o'rtacha hisobda , 50 000 dan - 75 000 AQSH dollarida o'quv to'lovi talab qilinadi .
2. Odatda MBA mutaxasislarini yuqori lavozimlarga tayinlashadi . Hech kim o'zining «issiq „ joyini bo'shatib berishga osonlikcha ko'nmasa kerak (albatta, bunday katta maosh bilan )!!!
3. O'quv dasturi juda ham qiyin va juda katta mehnat talab qiladi . Achinarlisi , hamma ham buni eplay olmaydi .
Bir so'z bilan aytganda , yo'nalish juda katta miqdordagi oylikni ta'minlashi bilan , bir qatorda katta kuch va mablag' talab qiladi .